O‘zbek bokschilari haqiqatdan zo‘rmi?

  • 01.07.2017 10:56
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tailandda boshlangan yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston sharafini o‘n nafar bokschimiz himoya qilmoqda.

 

O‘zbek bokschilaridan ulkan natija kutamiz

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Hamid Tangribergenov tarkibga o‘z yoshi va vazn toifasida mamlakatimizda eng kuchli bo‘lgan bokschilarni jalb qildi.

SPORTS.uz axborot portali terma jamoamiz bokschilarining eng yaxshi natijalari haqida ma’lumot beradi.

Samandar Xolmurodov - 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi, Rossiyadagi xalqaro turnirda 1-o‘rin.

Abdumalik Xalakov - Jizzaxdagi "Barkamol avlod - 2017" o‘yinlari g‘olibi.

Zoirjon Jumanazarov - 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi va "Barkamol avlod - 2017" o‘yinlari g‘olibi.

Saidjamshid Ja’farov - 2015 yili o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi.

Bilolbek Mirzarahimov - 2015 yilda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni. 2016 yil yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni va jahon chempionati kumush medal sovrindori.

Farrux Ilhomov - 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Rajabboy Otanazarov - 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Temur Ergashev - 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

Profsor Rorimsha - 2015 yili o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.

Lazizbek Mullajonov - 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi g‘olibi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!