"O‘zbek futboli UEFAga o‘tishi kerak. Osiyoda yuraversa, bunday tizim bilan jahon chempionatiga chiqa olmaydi" - "Lokomotiv" ustozidan jiddiy gaplar
“Lokomotiv” klubi bugun safarda “Qo‘qon-1912”ga 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Mikael Sekeyra qatnashdi va keskin gapirdi.
- Bugun juda qiyin va tajovuzkor o‘yin bo‘ldi. Dastlabki 20 daqiqada Qo‘qon jamoasi juda agressiv o‘ynadi va sariq kartochkalarga “sazovor” bo‘lgandi. Hakamlar esa ularni shunday o‘yin ko‘rsatishiga qo‘yib berishdi. Birinchi golni takroran ko‘rganimizda Bamba qo‘li bilan urib ketdi. Ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” o‘yin uslubini biroz o‘zgartirdi. Natijada birinchi bo‘limga nisbatan ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. 1:1 bo‘lib turgan mahalda qarshi hujumda Diyor Turopov yaxshi imkoniyatga chiqayotganida ko‘pchilik ko‘rgan holda aytyaptiki, uni formasidan tortib qolishdi. Ammo hakam e’tibor qilmadi.
- “Lokomotiv”ni “So‘g‘diyona”, “Paxtakor” va “Nasaf”ga qarshi o‘yinlari qoldi. Bunga qanday qaraysiz, ochko olishinglar mumkinmi?
- Avvalo, harakat qilamiz. Ammo bugun yutqazmasligimiz kerak edi. Echinish xonasida futbolchilarimiz xafa. Bugungi o‘yinni boshqargan hakam bizning uchta o‘yinimizni boshqargan bo‘lsa, uchalasida ham mag‘lubiyatga olib kelgan. Yodingizda bo‘lsa, “Bunyodkor” bilan o‘ynaganimizda ham oxirgi daqiqada to‘p uchun o‘ynalgan vaziyatda penalti belgilagandi. O‘shanda raqib 3:2 hisobida g‘alaba qozonib ketgan. Bugungi hakamlikdan o‘zim ham xafa bo‘lib ketdim. Portugaliyadan kelib hayotim davomida bunaqa hakamlikni ko‘rmaganman. O‘z fikrimni aytaman: O‘zbekiston futbolini ko‘tarilishiga bitta yo‘l bor! To‘g‘ri, akademiyalar bor, ochilyapti, ammo bu narsa masalani hal qilib bermaydi. O‘zbek futboli UEFAga a’zo bo‘lsagina ko‘tariladi. O‘zbekiston Osiyoda yuraversa, bunaqa tizim bilan hech qachon jahon chempionatiga chiqa olmaydi. O‘zbekiston UEFAga a’zo bo‘lsa, hamma narsaga erishadi. Ana shunda chempionat ko‘tariladi, futbolchilarni bir-biriga mehri boshqacha bo‘ladi, maydonda bir-birini urib sindirishmaydi. Bu erdan kun kelib ketadigan bo‘lsam ham juda xafa bo‘lib ketaman. Nasib bo‘lsa, chempionat tugaganidan keyin bir oydan so‘ng uyimga jo‘nayman. O‘zbekistonda yaxshi iqtidorli futbolchilar bor. Lekin yaxshi hakamlar, akademiyalar ko‘paymasa, UEFAda bo‘lmasa O‘zbekistonda hech qanaqa imkoniyat bo‘lmaydi va hech qachon jahon chiqa olmaydi. Men O‘zbekistonga omad tilayman. Bu erda yaxshi odamlar ko‘p. Ammo bunday tizim bilan imkoniyat bo‘lmaydi, pastga qarab cho‘kib ketaveradi.
Fikrlar
Мираброр Усмоновга ухшаб улсанг узбек Халки кутилади сендан твар
Аҳволимиз яҳши ю, лекин чўкаяпмиз....
Локо мураббийи оҳири портлабди, ёрилибди. Ўзб дан кетсам яҳши ҳотиралар билан кетмайман дебди. Бу жуда ёмон ҳолат.... афсус бизда адолат ҳеч бир соҳада қолмади ҳисоб. Ҳақиқат, адолат йўқолиб ўрнини корупция, вждонсизлик ноҳақлик эганлаб бормоқда....
Эртага сайлов лекин ишонасизми йўқми 3 соатдан буён тўк йўқ... бутун бошли маҳаллада... Электроседга тул қилса бўлади кутинг дейди... газнику гапирмаса ҳам бўлади... ҳаммага маълум... оқар сувда муаммо, ерларни шўр борган сари оқартириб ётибди... Солиқ шу йилгача 200-250 минг атрофига чиқарди. Шу йил улар ҳам 850-1000000 гача ҳисоблаб ташлаяпти. Ҳонадон ота бобобмни ота бобосидан қолиб келмоқда...1910 йиллардан буён Солиқдагилар ҳоким қарори бўлмаса 1 миллон тўлайсан дейди арҳивга борса ҳеч ўша даврни қарорини топиб бўлмайди... Қисқаси адолат ўлиб бормоқда, барча соҳаларда бу футболимиз, боксда спортда ҳам кўзга ташланди...
Интернет ҳам борган сари н+ ўрнига е бўлиб бормоқда...
Қисқаси ўша гап... "Аҳволимиз яҳши ю, лекин чўкаяпмиз..