O'zbek hujumchi va ukrinaliklar himoya qo'rg'oni!
Rustat statistika-tahlil agentligi futbol bo‘yicha Qirg‘iziston chempionati yuqori divizioni – Jorqoru Ligasining dastlabki turlari ramziy jamoasini e’lon qildi.
Bu jamoadan o‘rin olgan futbolchilarning yarmidan ko‘pi legionerlardir.
Ramziy jamoaga to‘rt nafar ukrainalik himoyachi kiritildi: “Dordoy”dan Dmitriy Semeniv, “Muras Yunaited”dan Yuriy Mate, “Ilbirs”dan Nazar Vizdrik va “Bishkek Siti”dan Nikita Peterman.
Shuningdek, “Muras Yunaited” qanot hujumchisi Oleg Marchuk ham ramziy jamoadan o‘rin oldi.
Legionerlar orasida “Bishkek Siti”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Ruslan Roziev ham eng yaxshi futbolchilar qatoriga kiritildi, u “Dordoy” darvozasiga muhim gol urgan edi.
Qirg‘izistonlik futbolchilardan “Bishkek Siti” darvozaboni Artyom Pryadkin, “Bars”dan Magomed Uzdenov va Qayrat Jirgalbek uulu, “Muras Yunaited”dan Erbol Atabayev hamda “Toktogul”dan Nurlan Sarikbaev ramziy jamoaga kiritildi.
Qiziq jihati shundaki, “Aziya” jamoasi g‘alaba qozo‘nganiga qaramay, uning hech bir o‘yinchisi ramziy jamoaga kiritilmagan. Shuningdek, to‘rt turdan keyin jadvalda yetakchilik qilayotgan “Olga” va “Uzgen” jamoalaridan ham hech kim yo‘q.
2026 yildgi Jorqoru Liga reglamentiga ko‘ra, jamoa arizasida 10 nafar gacha xorijlik o‘yinchi bo‘lishi mumkin. Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan davlatlari — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya futbolchilari bu chempionatda legioner hisoblanmaydi. Bir vaqtning o‘zida maydonda kamida to‘rt nafar Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lishi shart.
Transfermarkt portali ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mavsumda Qirg‘iziston chempionatida eng ko‘p legionerlar Ukrainadan kelgan va ularning soni 37 nafarni tashkil qilmoqda.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 28 nafar futbolchi bilan O‘zbekiston qayd etilgan. Ular orasida o‘tgan yili Belarus chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan 23 yoshli Ruslan Roziev eng mashhur o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar