O‘zbek legioneri gol ursa, bu jamoa yutqazmayapti!

  • 18 aprel, 2022, 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belarus oliy ligasida bir necha o‘yinchilarimiz to‘p tepayotgani bois o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari va muxlislari bu chempionatni ham katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Dastlabki to‘rtta tur yakunlariga ko‘ra, jamoa tarkibida o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari qayd etilgan ikki jamoa – BATE va “Energetik-BGU” musobaqa jadvalining eng yuqori pog‘onasidagi ikki qatorni band etib turibdi.

Garchi BATE doimo yuqori o‘rinlarga da’vogar bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, “Energetik-BGU”ning muvaffaqiyatli starti ko‘pchilik uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi.

Har ikki jamoa to‘rtinchi tur uchrashuvini safarda o‘tkazdi. BATE amaldagi chempion va bu yilgi chempionatda ham oltin medal uchun kurashda asosiy raqobatchisi bo‘lgan “Shaxtyor-Soligorsk” mehmoni bo‘ldi.

Soligorskliklar chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayapti. Ular dastlabki uchta turdan ikkitasida durang o‘ynab, ochko yo‘qotdi. Birinchi mag‘lubiyatini esa BATEdan qabul qilib oldi. Mehmonlarga ketma-ket to‘rtinchi g‘alabani taqdim etgan gol muallifi Valeriy Bocharev bo‘ldi.

Bu jamoadagi yagona legionerimiz Shahboz Umarov bu gal ham o‘yindan chetda qoldi. Hujumkor futbolchimiz o‘tgan “Shaxtyor-Soligorsk” va BATEning so‘nggi to‘qnashuvi qahramoni bo‘lgandi. O‘tgan yilgi chempionatda o‘zbek futbolchisining uchrashuv so‘nggi daqiqalarida belgilangan jarima zarbasini uzoq masofadan to‘g‘ri “Shaxtyor” darvozasiga joylab qo‘ygani ancha shov-shuv bo‘lgandi.

20211108170941

O‘tgan yili Shahboz oliy ligada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatib, jamoasining eng foydali o‘yinchilaridani bo‘ldi.

Joriy mavsum boshlanishidan oldin iste’dodli futbolchimizning BATEning yangi murabbiyi Aleksandr Mixaylov bilan tortishib qolgani Umarovning o‘ziga ziyon bo‘ldi. Garchi u murabbiydan uzr so‘ragan bo‘lsa-da, muammo bartaraf etilgani yo‘q. Mixaylov shunchaki Shahbozni o‘ynatmay qo‘ydi.

Bu ketishda bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov o‘ziga bosh ko‘targan legionerimizni mavsum oxirigacha maydonga tushirmaydigan ko‘rinadi. Balki yozda Shahboz Umarov boshqa jamoaga o‘tgani o‘zi uchun foyda bo‘lar. Chunki o‘zbek legioneri BATEning eng asosiy aktivi hisoblanadi. Borisov shahri klubi uni bu yil ham o‘ynatib, keyinroq kuchli liga vakillariga transfer qilib, mo‘may daromad olmoqchi edi.

Umarovning zaxirada o‘tirishi klubga ham, o‘yinchining o‘ziga ham hech qanday foyda keltirmaydi. Oliy liganing eng kuchli o‘yinchilaridan birining o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi undan alamini olayotgan bosh murabbiydan boshqa hech kimga kerak emas.

 “Energetik-BGU”ning muvaffaqiyatli startida esa o‘zbek futbolchilarining hissasi katta. Ayniqsa, ilk turlardan to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Bobur Abduxoliqov gol urgan uchrashuvlarda jamoasi faqat g‘alaba qozonmoqda.

Xususan, hamyurtimiz “Vitebsk” va “Torpedo-BelAZ” jamoalari darvozasiga ikkitadan to‘p kiritganida jamoasi g‘alabani tantana qilgandi. Bobur o‘rtada “Slutsk” darvozasiga yo‘l topa olmadi va durang qayd etildi.

Minsklik “talabalar” to‘rtinchi turga kelib, ilk bor safarda o‘ynadi. “Dinamo-Brest” maydonidagi o‘yinda hisobni penaltini aniq bajargan Bobur Abduxoliqov aniq ijro etdi. Oqibatda mehmonlar uyga 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

222222

Albatta, “Energetik-BGU” natijalariga himoyachi barcha uchrashuvlarda ishtirok etayotgan himoyachi Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmon ham katta hissa qo‘shmoqda. Jamoa safiga yaqindagina qo‘shilgan chap qanot yarim himoyachisi Abbosbek Jumaqulov hali chempionat o‘yinlariga jalb qilingani yo‘q.

“Roma”: Aytilgan summani berib, shu hujumchimizni olib ketinglar!

Shomurodovsiz ham eplashdi! Mourino yana nimalar dedi?

Mourinoni endi tushunib etdim!

Shomurodovni kutyapmiz!

“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!