O‘zbek legioneri jamoasiga yordam berolmaydi

  • 20 dekabr, 2024, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 17-turida “Sivasspor” o‘z maydonida “Samsunspor”” jamoasini qabul qiladi.

Tecno

“Samsunspor” joriy mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda va 16-turdan keyin 29 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kuchli raqibga qarshi uchrashuv oldidan “Sivasspor” uch etakchi o‘yinchisi yordamidan foydalana olmaydi.  Avvalgi turda “Bodrumspor” bilan bo‘lgan bahsda qizil kartochka olgan serbiyalik himoyachi Urosh Radakovich bu bellashuvni o‘tkazib yuboradi.

Bodrumdagi bellashuvda ogohlantirish olgan Azizbek Turg‘unboevning sariq kartochkalari soni to‘rttaga etgani bois, o‘zbek legioneri ham muhim bellashuvda maydonga tusha olmaydi.

Polshalik yarim himoyachi Yan Beganski jarohat olib safdan chiqqan va hali maydonga qaytgani yo‘q.

Uchrashuv 21 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Azizbek Turg‘unboev “Sivasspor”ning etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi va joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!