O‘zbek muaytaychisi hamda Dastan Sharshaev jangi bo‘lib o‘tdi? (Video)

CHERY AUTO

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida "Open FC" promoushening sakkizinchi turniri tashkil etildi. Mazkur MMA kechasidan bir nechta K-1 janglari ham o‘rin olgan edi.

Tecno

Ularning birida o‘sha bizga yaxshi tanish bo‘lgan, o‘z vaqtida MMA jangchimiz Nursulton Ro‘ziboevni jangga chorlagan Dastan Sharshaevga qarshi muaytay bo‘yicha 3 karra jahon chempioni, 3 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempioni, professionallar o‘rtasida ham Osiyo chempioni Mavlonbek Qahhorov jang olib bordi.

Mavlonbek uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, joriy yil yana sportchilik faoliyatini tiklagan edi. Shunday bo‘lsa-da, butun jang mobaynida raqibidan  aniqroq va faolroq bo‘lgandi. Barcha Qahhorovning g‘alabasini kutib turgan bir pallada, hakamlar mazkur jangda durang qayd etilganini ma’lum qildilar. 

Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan maqul. Quyida, ushbu jangni bevosita tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!