
O‘zbek o‘g‘loni Nepalda oktagonga ko‘tariladi. U 4 ta o‘zbekistonlik jangchini mag‘lub etgan raqib bilan to‘qnash keladi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Feruzbek Usmonovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Hozirda Dubayda Husan Majlimov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan yurtdoshimiz 7 sentyabr kuni Nepalning Katmandu shahrida oktagonga ko‘tariladi.
"Gorkhali Championship" turnirida jang qiluvchi hamyurtimizga qirg‘izistonlik Erjan Janishbek Uulu raqiblik qiladi. Qiziq jihati Qirg‘iziston vakili 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida o‘zbekistonlik raqiblarini mag‘lub etgan. Bu Usmonov uchun yana bir motivatsiya bo‘lib, o‘ziga xos revansh jangi bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu qarama-qarshilik engil vazn (70,3 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Feruz Usmonov ham faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar