O‘zbekiston – Tailand uchrashuvini malayziyalik hakamlar boshqarib borishadi

  • 28 yanvar, 2024, 18:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Tailand o‘yinini malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin bosh hakam sifatida boshqaradi.

Tecno

Unga hamyurtlari Muhammad Zairul hamda Arif Shamil yordam berishsa, zaxira hakami sifatida ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf ishlaydi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Omar Muhammad Ahmad (BAA) bajarsa, AVAR sifatida saudiyalik Xolid Solih Alturais ishlashi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Nazmi Nasaruddin joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OChL guruh bosqichining 3 ta turida o‘zbek klublari ishtirokidagi bahslarda hakamlik qilgan.

U turnirning 2-turida “Navbahor” – “Mumbai Siti” (Hindiston), 4-turida “Ahal” (Turkmaniston) – “Paxtakor” hamda 6-tur doirasidagi “Mumbai Siti” (Hindiston) – “Navbahor” uchrashuvlarini boshqargan. Ushbu bahslar davomida u cho‘ntagidan jami 32 marta sariq kartochka, 4 bor qizil kartochka chiqargan va 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!