O‘zbekiston - Kamerun: Matnli translyatsiya

  • 23 sentabr, 2022, 10:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston va Kamerun milliy terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmoqda. Quyida mazkur bellashuvdan matnli translyatsiya e’tiboringizga havola etiladi.


O‘zbekiston - Kamerun 2:0


90+3. O‘yin yakuniga etdi. Vakillarimiz Kamerunga qarshi bellashuvda ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Barcha hamyurtlarimizni ushbu g‘alaba bilan qutlaymiz. 

90+2. Sayfievga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

90. Bellashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi. 

86. Hakam Oston O‘runovga sariq kartochka ko‘rsatdi. 

84. Eldor Shomurodov o‘rniga Igor Sergeev maydonga tushdi. 

83. Umarovning to‘pni tepishga bo‘lgan urinishi besamar yakunlandi. 

79. Raqiblarimiz goldan so‘ng hujum uyushtirishga urinmoqda. Biroq yarim himoyadagilar ishonchli o‘yin ko‘rsatyapti. 

76. Hamrobekovning qanotdan erlatib bergan uzatmasidan so‘ng Oston O‘runov to‘pni darvozaning olis yuqori burchagiga to‘xtatmasdan joylab qo‘ydi. 

73. Jamoa sardori Vensan Abubakar zaxiraga olindi.  

71. Texnik nosozlik tufayli o‘yinning 4 daqiqasini o‘tkazib yubordik. Ayni vaqtda 71-daqiqa davom etmoqda. Hamon oldindamiz. 

67. Kamerun burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi

66. Kamerunning hujumini himoyachilarimiz bir amallab qaytardi. 

63. O‘yinda to‘xtalish yuzaga kelgan Rustamning jarohati jiddiy, shekilli. 

61. Ashurmatov maydonda jarohat olib yotibdi. 

59. Maydon markazidagi ustunlik to‘liq afrikaliklar qo‘liga o‘tdi. 

59. Oston O‘runov hamda Shahboz Umarov Oybek Bozorov va Hojimat Erkinovni almashtirdi. 

58. Oybek Bozorov o‘yindan tushib qolyapti. U maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. 

55. Shomurodov qanotdan yorib kirdi va chap oyog‘i bilan kuchli zarba yo‘lladi. Onana o‘z o‘rnida. 

52. Shomurodovga nisbatan maydon markazida o‘yin qoidasi buzilgandi. Biroq hakam bu epizodni e’tiborsiz qoldirdi. 

51. Kamerun ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi boshladi. Hozircha vakillarimiz himoyada ishonchli harakat qilmoqda

49. Vakillarimizning hujumga o‘tish uchun say-harakati samarasiz yakunlandi

47. Kamerunliklar futbolchisi qanotdan kirib bordi va uzatma amalga oshirdi. Biroq himoyachilar ishonchli harakat qildi. 

46. Ikkinchi taym start oldi. 

45+1. Dastlabki taym nihoyasiga etdi. Tanaffus!

45. O‘yinning birinchi bo‘limiga 1 daqiqa qo‘shib berildi.

45. Chang jamoasining ilk zarbasini yo‘lladi, Yusupov o‘z o‘rnida!

45. "Shoma" voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi.

44. Bo‘lim so‘ngiga kelib vakillarimiz o‘yinga yana biroz faollik qo‘shdi.

42. Erkinov Eldor manzili tomon pas berdi. Himoyachilar to‘pni o‘tkazmadi.

41. Farrux Sayfievning uzatmasiga Hojimat etolmadi.

39. Afrikaliklar katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda, jarima maydoniga oshirilgan pasga hech kim zarba bera olmadi.

37. Hojimat o‘z qanotida ancha faol harakat qilyapti, Bozorov deyarli yo‘qolib qoldi.

35. Stadionga yig‘ilgan tomoshabinlar "oq bo‘rilar"dan gol so‘ramoqda.

34. Raqib futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Himoyachilarimiz sun’iy ofsayd hosil qilishda ham yaxshi harakat qilmoqda.

32. Eldor yana raqiblarini ortda qoldirib, sheriklariga pas berdi. Ammo Shukurov zarba berish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

29. Himoyachilardan tezlikda o‘tib ketgan Shomurodov ofsaydda qolib ketgan ekan.

photo_2022-09-23_11-32-17

28. To‘p nazorati to‘liqligicha raqib tomoniga o‘tdi. Futbolchilarimiz qarshi hujumlarda o‘z omadini sinab ko‘ryapti.

27. Raqib golga reaktsiya bildirish maqsadida oldinga tashlandi. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Ashurmatov qaytarib yubordi.

25. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! HOJIMAT ERKINOV!

Eldor Shomurodovning ideal uzatmasidan so‘ng Hojimat bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi!

24. "Koyan" arenasiga yig‘ilgan o‘zbekistonlik muxlislar futbolchilarimizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turibdi.

23. Burchakdan to‘pni o‘yinga Hojimat Erkinov kiritmoqda. Tasavvur qilyapsizmi?!

21. Ayni daqiqalarga kelib kamerunliklar kichik ustunlik namoyish etyapti.

photo_2022-09-23_11-32-25

19. Husniddin Aliqulov jarima maydoniga oshirilgan to‘pni uzoqlashtirdi.

18. To‘p jarima maydoniga yaqin hududda himoyachimizning qo‘liga tegdi. Raqibda yaxshi standart vaziyat.

17. Katanets shogirdlari 6 kishi bo‘lib himoyalanmoqda. Orqa chiziqda raqibga deyarli imkoniyat qoldirmayapmiz.

15. Dastlabki 15 daqiqalikda ustunlik "oq bo‘rilar" tomonda bo‘lib turibdi. Shunday davom etish kerak, yigitlar!

13. Alijonovning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi. Unda Eldorga pas berish varianti ham yo‘q emasdi.

12. Endi bizning futbolchilar to‘p nazoratiga urg‘u qaratyapti.

10. Ajoyib! Katanets shogirdlari erta pressing uyushtirib, raqibni o‘z yarim maydonida to‘xtatishga urinmoqda.

9. Jarima maydoniga yaqin hududda Sayfiev yiqilib tushdi. Hakam unga o‘rnidan turishi kerakligini tayinladi.

8. Mbeumo jarima maydoniga kirdi, ammo vakillarimiz uni zararsizlantirdi.

7. To‘p ilk bor Yusupovga etib kelmoqda. U erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritib beradi.

photo_2022-09-23_11-32-24

5. XAVFLI VAZIYaT! Eldor Shomurodov jarima maydoni ostonasida zarba yo‘lladi, Onana yaxshi harakat qildi.

5. Afrikaliklar futbolchilarimizni darhol to‘psizlantirmoqda.

3. Raqib to‘p nazoratini qo‘lga olishga harakat qilyapti.

2. Eldor va Hojimat tezkorlik bilan oldinga o‘tdi. So‘nggi pasni berishda Hojimat xatoga yo‘l qo‘ydi.

photo_2022-09-23_11-32-23

1. Uchrashuvga start berildi. Olg‘a yigitlar!

0. Bosh hakam jamoa sardorlari bilan o‘yinni kim boshlashini aniqlab oldi. Start uchun barchasi tayyor!

0. Kamerun davlat madhiyasi uchun hurmat bajo keltiramiz.

0. Birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangraydi. Uni barchamiz birgalikda kuylaymiz!

0. Futbolchilar maydonga tushib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!