O‘zbekiston - Qatar: O‘zaro uchrashuvlardagi ustunlik kim tomonda?

  • 8 iyun, 20:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 5 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining saralash guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida Qatar bilan kuch sinashadi.

Tecno

Xo‘sh, ikki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro statistikalarda ustunlik kim tomonda?

Ikki jamoa shu kungacha o‘zaro umumiy 14 bora to‘qnash kelgan. 9 ta uchrashuvda vakillarimizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 4 ta bellashuvda raqiblarimiz muvaffaqiyatga erishgan. 1 ta to‘qnashuv esa durang natija bilan yakunlangan. Terma jamoamiz ushbu bahslar davomida umumiy 23 ta gol urib, 13 bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.

Agarda faqatgina jahon chempionati saralashidagi o‘yinlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak - ustunlik biz tomonda. 5 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 2 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lganmiz.

Eng yirik g‘alaba: O‘zbekiston Milliy terma jamoamiz 2013 yil 18 iyun kuni 5:1 hisobida Qatarni er tishlatgan. 

Eng yirik mag‘lubiyat: 2001 yil 17 avgust kuni ro‘y bergan. Ushbu bellashuvda jamoamiz 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!