O‘zbekiston - Suriya. Qaysi terma jamoaning Transfermarkt portalidagi qiymati yuqori?

  • 12.01.2024 19:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Ertaga Osiyo kubogi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘yin bilan o‘z yurishini boshlaydi. Vakillarimiz joy olgan guruhda, shuningdek, Avstraliya hamda Hindiston terma jamoalari ham bor.

Ertangi qarama-qarshilik oldidan vakillarimiz va raqiblarimiz tarkibidagi futbolchilarning umumiy qiymatini solishtirib chiqdik. Bunda bizga statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi hamda futbolchilarni bahosini belgilab beruvchi portal - Transfermarkt mezon bo‘lib berdi. 

Mazkur portal talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy terma jamoasining ayni damda tarkibga jalb etilgan futbolchilarining transfer qiymati - 25.45 million evroni tashkil etadi. 

photo_2024-01-12_18-58-37

photo_2024-01-12_18-59-39

Raqiblarimiz Suriya terma jamoasi tarkibidagi futbolchilarning umumiy qiymati - 16.58 million evro. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!