O‘zbekiston - Venesuela uchrashuvlarining boshlanish vaqti ma’lum

  • 22 iyun, 2021, 14:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Tecno

Mazkur yig‘in davomida futzalchilarimiz 2021 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi va Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashadi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari mehmon jamoa iltimosiga binoan 24 va 27 iyun kunlari "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

Sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, ushbu o‘yinlarga tomoshabin kiritilishiga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, arenaga kirish bepul!

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
24 iyun
19.00. O‘zbekiston - Venesuela

27 iyun
18.00. O‘zbekiston - Venesuela

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!