
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi birinchi o‘yinda Hindistonni yirik hisobda engdi
Poytaxtimizdagi yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Bugun dastlabki uchrashuv o‘tkazildi. Unda futbolchi qizlarimiz 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston – Hindiston 5:1
Gollar: Lyudmila Karachik (32), Maftuna Shoyimova (39), Nilufar Qudratova (50), Umida Zoirova (62), O‘g‘iloy Qo‘chqorova (82) – Bala Devi Ngangdom (6)
O‘zbekiston: Laylo Tilovova (Maftuna Jonimqulova, 83), Tanzila Zarbieva (Lianna Norbekova, 73), Nilufar Qudratova, Malika Burxonova (Sitora Taqaboeva, 63), Rushaniya Safina (Diyoraxon Xabibullaeva, 63), Maftuna Choyimova, Soliha Husniddinova, Umida Zoirova, Lyudmila Karachik, Kamila Zaripova (O‘g‘iloy Qo‘chqorova, 73), Dildora Nozimova (Xolida Dadabova, 83).
Fikrlar