O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi va Farg‘ona viloyati Milliy Gvardiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
O‘zbekistonda ITKF karate-do jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shuningdek, ko‘plab nufuzli turnirlar yurtimizda tashkil etilayotganligi ham bunga misol bo‘la oladi. Albatta, O‘zbekiston ITKF kakrate-do federatsiyasi ushbu yakkakurash turini yanada ommaviylashtirish va rivojlantirish uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirayotganligini ham ayttib o‘tish joiz. Ko‘plab hamkorliklar yo‘lga qo‘yilmoqda va bir qator memorandumlar imzolandi.
Jumladan, bugun 7 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi bilan O‘zbekiston ITKF kakrate-do federatsiyasi o‘rtasida o‘ziga xos memorandum imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik Jamoliddin Ergashevich Mirzaliev ushbu memorandumdan mamnun ekanligi va ozgina bo‘lsa ham ITKF karate-doni ommaviyligini oshirishga yordami tegishidan xursand ekanligini bildirdi. Shuningdek, maxsus va o‘q otish tayyorgarlik tsikli katta o‘qituvchisi mayor Muxsin Muminovich Kulidjonov qo‘l ostidagi xodimlarning ham yakkakurashdagi salohiyatini oshirishda ITKF karate-do katta ko‘makchi bo‘lishini, umuman hamkorlik yaxshi samara berishini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston ITKF kakrate-do federatsiyasi raisi Shuhratjon Kushmuratov ham ushbu hamkorlik ikki tomonga ham manfaatli bo‘lishini va xodimlarga mahorat darslari tashkil qilib berishi borasida ham federatsiya yaqindan yordam berishini aytib o‘tdi.
Shu tariqa yana bir memorandum imzolandi!





Fikrlar