O‘zbekiston afsonalariga qarshi o‘ynaydigan Italiya tarkibi ma’lum!

CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, BMB Trade Group kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Hilton” mehmonxonasi o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlab muxlislar uchun ajoyib sovg‘a tayyorlamoqda.

Tecno

Uzoq yillar davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan futbolimiz afsonalari milliy terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadilar. Shu munosabat bilan mamlakatimizga Italiya futboli afsonalaridan iborat jamoa tashrif buyuradi.

Bugun UFAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mazkur o‘yinga tashrif buyuradigan mehmonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Kristian Abbiati, Dario Shimich, Luka Antonini, Kristian Zakkardo, Kristian Zenoni, Eduardo, Aldair, Vensan Kandela, Luiji di Byadjo, Anjelo Karbone, Marek Yankulovskiy, Serjino, Lyudovik Jyuli, Robson Toledo, Alberto Jilardino, Daniele Massaro, Vinchentso Yakvinta kabi yulduzlar Toshkentda maydonga tushadi.

33

22

Media-tadbirlar 17 may kuni “Bunyodkor” stadionida, jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 18 may kuni “Paxtakor” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulla Hikmatov
06/05/2022 19:57
Otaxonlar futboli