O‘zbekiston amputantlar jamoasi a’zosi: "Kerak bo‘lsa, 10:0 hisobida g‘alaba qozonamiz"

  • 05.10.2022 17:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Amputantlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston Kolumbiya ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvdan so‘ng jamoamiz a’zosi Nuritdin Tursunov flesh-intervyu berdi: "Xudoga shukur, yirik hisobda g‘alaba qozondik. Shunga qaramay, qiyin o‘yin bo‘ldi. 

Shu erdan turib O‘zbekiston xalqiga salom yo‘llamoqchiman. Turnir juda ham ajoyib o‘tmoqda, buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Chempionlik uchun imkoniyatlarimiz ancha yaxshi. Kerak bo‘lsa, 10:0 hisobida g‘alaba qozonamiz. Xudo xohlasa, finalda o‘ynaymiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!