
O‘zbekiston bilan o‘ynash qiziq emas, axir!
Sobiq ittifoq terma jamoasining mashhur darvozabonlaridan biri Aleksandr Uvarov 30 yoshdan keyin porlagan futbolchilar toifasiga kiradi. U SSSR terma jamoasidagi debyut uchrashuvini aynan mana shu yoshda nishonlagan.
1990 yilgi jahon chempionatida SSSR terma jamoasi safida Diego Maradona boshchiligidagi amaldagi jahon chempionlari – Argentina futbolchilariga qarshi bahsda qatnashgani Uvarov uchun unitilmas voqea bo‘lib qolgan. O‘shanda terma jamoa murabbiylar shtabi asosiy posbon Rinat Dasaevga emas, uchinchi raqamli darvozabon hisoblangan Uvarovni kuchli raqibga qarshi maydonga tashlagan edi.
Aleksandr Uvarov futbolchi sifatida faoliyatidagi deyarli barcha yutuqlarini Isroilda “Makkabi Tel-Aviv” o‘yinchisi o‘laroq qo‘lga kiritgan.
Rossiyaning https://www.championat.com sayti jurnalistlari sobiq darvozabondan katta intervyu oldi. Suhbat jarayonida gap Rossiya milliy terma jamoasi, ruslarning Osiyo mamlakatlari terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlar o‘tkazayotgani, Rossiya futbol ittifoqining Osiyo futbol konfederatsiyasiga qo‘shilish ehtimoli singari dolzarb mavzularga taqaldi.
E’tiboringizga suhbatning biz uchun e’tiborga molik qismini havola etamiz.
- Rossiya terma jamoasining o‘yinlarini so‘nggi bor qachon kuzatdingiz?
- Rostini aytaymi? Nimani ko‘rishim kerak? O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston o‘yininimi? Bu mamlakatlarni kamsitishdan yiriqmoq, Xudo asrasin. Lekin ularga qarshi o‘yinlar qiziq emas.
- Terma jamoa tushib qolgan vaziyatni anglayapsizmi?
- Anglayapman. Terma jamoa mavjud bo‘lishi va o‘ynashi kerak.
- Rossiya qo‘yilgan xalqaro ta’qiq adolatlimi?
- Bu erda qanday adolat bo‘lishi mumkin? Sportchilarning nima daxli bor? Har doim sport siyosatdan tashqari, deb kelingan.
- Sizning futbolchilik faoliyatingiz paytida Isroil Osiyo futbol konfederatsiyasidan OFKga ko‘chib o‘tgan edi. Endi Rossiya futbol jamoatchiligi Osiyoga o‘tishi kerakmi?
- Butun bir mamlakat uchun javob berish qiyin. Bu ortga tashlangan qadam bo‘ladi. Biroq, boshqa echim ko‘rinmayapti. Futbol yashashi uchun o‘yin amaliyoti bo‘lishi kerak. Qandaydir sport ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Agar ana shu ishtiyoq O‘zbekiston va Eronga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda bo‘lganida futbolchilarimiz umuman boshqacha o‘ynardi.
Evropaga esa ertami-kechmi qaytsa bo‘ladi. Chunki sanktsiyalar doimiy bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabrda futbol tarixida ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Toshkent shahri mezbonlik qilgan bellashuvda kuchlar teng keldi va hisob ochilmadi.
Rossiya milliy terma jamoasi va klublari UEFA tomonidan qo‘llanilgan sanktsiyalar tufayli Evropa vakillari bilan o‘yin tashkil qila olmayapti. Shu sabablar, rossiyalik asosan Osiyo qit’asi vakillari – O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Eron va Iroq terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlar o‘tkazish orqali mamlakat bosh jamoasi faoliyatini ushlab turibdi.
Legionerimiz endi ispaniyalik murabbiy bilan ishlaydi!
Fikrlar