O‘zbekiston chempionlari, sovrindorlari, titul homiylar, to‘purarlar va yana boshqa kerakli ma’lumotlar

  • 27 fevral, 2020, 14:57
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugundan O‘zbekiston chempionati boshlanadi.

Yangi mavsum avvalidan biz ichki birinchiligimiz tarixiga nazar tashlasak.

O‘zbekiston chempionati 1992 yildan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. Dastlabki chempionatda 16 jamoa ishtirok etgan. Chempionlik “Paxtakor” va “Neftchi”ga nasib etgan. Bu ikki klub mavsum yakunida ochkolari teng bo‘lib qolgandi.

Chempionat 1992 yildan boshlab muntazam tarzda o‘tkazilmoqda. Musobaqada “Paxtakor” eng ko‘p 12 marta g‘olib chiqqan. Undan keyingi o‘rinda 5 ta kubok bilan “Neftchi” va “Bunyodkor” bormoqda. “Lokomotiv” ketma-ket uch chempionlikka erishgan. Toshkent viloyatining “Do‘stlik” klubi 2 marta sovrin sohibiga aylangan. “MHSK” va “Navbahor”da bir martadan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Birinchilikda 2000 yili eng ko‘p jamoa qatnashgan. O‘sha payt chempionatda 20 ishtirokchi bor edi.

Chempionatning ilk nomi 1992-2008 yillar Oliy liga bo‘lgan. 2009-2017 yillar O‘zbekiston PFL Oliy ligasi, 2018 yildan boshlab esa Superliga.

2018 yildan chempionat titul homiyga ega bo‘ldi. Dastlabki yili “Pepsi”, keyin esa “Coca Cola” kompaniyasi Superliganing titul homiysiga aylangandi.

761569946533

2018 yildan Superliga nomini olgan birinchilik formati ham o‘zgargandi. 12 jamoa mavsumni boshlab, birinchi davradan so‘ng yuqori oltilik, quyi oltilikka ajratildi. Ammo bu formatning umri qisqa bo‘ldi. Keyingi yil esa yana o‘sha birinchi va ikkinchi davra tizimiga o‘tildi.

“Mash’al” 2017 yili Oliy ligada 7-o‘rinni egallagandi. Biroq turli xil bahonalar bilan keyingi mavsumga qo‘yilmagandi. Muborakliklar Pro ligada kurashib mavsum Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Chempionatda eng ko‘p “Paxtakor” va “Navbahor” 28 martadan ishtirok etgan. Bu ikki klub ichki birinchiligimizning barcha mavsumlarida qatnashgan.

2711569946638

O‘zbekiston chempionatining sovrindorlari:

Mavsum

Ishtirokchilar soni

Chempionlar

2-o‘rin sohiblari

3-o‘rin sohiblari

1992

16

«Paxtakor» (Toshkent)

 

«So‘g‘diyona» (Jizzax)

«Neftchi» (Farg‘ona)

1993

16

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Paxtakor» (Toshkent)

«Navbahor» (Namangan)

1994

16

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Nurafshon» (Buxoro)

«Navbahor» (Namangan)

1995

16

«Neftchi» (Farg‘ona)

MHSK (Toshkent)

«Navbahor» (Namangan)

1996

16

«Navbahor» (Namangan)

«Neftchi» (Farg‘ona)

MHSK (Toshkent)

1997

18

MHSK (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Navbahor» (Namangan)

1998

16

«Paxtakor» (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Navbahor» (Namangan)

1999

16

«Do‘stlik» (Do‘stlik)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Navbahor» (Namangan)

2000

20

«Do‘stlik» (Do‘stlik)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Nasaf» (Qarshi)

2001

18

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Paxtakor» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2002

16

«Paxtakor» (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Qizilqum» (Zarafshon)

2003

16

«Paxtakor» (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Navbahor» (Namangan)

2004

14

«Paxtakor» (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Navbahor» (Namangan)

2005

14

«Paxtakor» (Toshkent)

«Mash’al» (Muborak)

«Nasaf» (Qarshi)

2006

16

«Paxtakor» (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

«Nasaf» (Qarshi)

2007

16

«Paxtakor» (Toshkent)

«Quruvchi» (Toshkent)

«Mash’al» (Muborak)

2008

16

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Paxtakor» (Toshkent)

«Neftchi» (Farg‘ona)

2009

16

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Paxtakor» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2010

14

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Paxtakor» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2011

14

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

«Paxtakor» (Toshkent)

2012

14

«Paxtakor» (Toshkent)

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Lokomotiv» (Toshkent)

2013

14

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2014

14

«Paxtakor» (Toshkent)

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2015

16

«Paxtakor» (Toshkent)

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2016

16

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Bunyodkor» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

2017

16

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Nasaf» (Qarshi)

«Paxtakor» (Toshkent)

2018

12

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Paxtakor» (Toshkent)

«Navbahor» (Namangan)

2019

14

«Paxtakor» (Toshkent)

«Lokomotiv» (Toshkent)

«Bunyodkor» (Toshkent)

Ilk mavsumning birinchi to‘purari Valeriy Kechinov (24). Oxirgisi esa Dragan Cheran (23).

Jafar Irismetov 45 gol bilan bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Legionerlar orasida Dragan Cheran (23).

Chempionatning mutloq to‘purari Anvar Berdiev. Uning hisobida 225 gol mavjud.

O‘zbekiston chempionati to‘purarlari:

Mavsum

Futbolchi

Klub

Gollar

1992

Valeriy Kechinov

«Paxtakor» (Toshkent)

24

1993

Rustam Do‘rmonov

«Neftchi» (Farg‘ona)

24

1994

Ravshan Bozorov

«Neftchi» (Farg‘ona)

26

1995

Oleg Shatskix

«Navbahor» (Namangan)

26

1996

Jafar Irismetov

«Do‘stlik» (Toshkent.v.)

23

Oleg Shatskix

«Navbahor» (Namangan)

1997

Jafar Irismetov

«Do‘stlik» (Toshkent.v.)

34

1998

Igor Shkvirin

«Paxtakor» (Toshkent)

22

Mirjalol Qosimov

«Paxtakor» (Toshkent)

1999

Umid Isakov

«Neftchi» (Farg‘ona)

24

Baxtiyor Hamidullaev

FK «Andijon»

2000

Jafar Irismetov

«Do‘stlik» (Toshkent.v.)

45

2001

Umid Isakov

«Neftchi» (Farg‘ona)

28

2002

Baxtiyor Hamidullaev

FK «Andijon»

22

2003

Marsel Idiatullin

«Qizilqum» (Zarafshon)

26

Shuxrat Mirxoldirshoev

«Navbahor» (Namangan)

2004

Shuxrat Mirxoldirshoev

«Navbahor» (Namangan)

31

2005

Anvarjon Soliev

«Paxtakor» (Toshkent)

29

2006

Pavel Solomin

«Traktor» (Toshkent)

21

2007

Ilhom Mo‘minjonov

«Quruvchi» (Toshkent)

21

2008

Server Jeparov

«Bunyodkor» (Toshkent)

19

2009

Rivaldo

«Bunyodkor» (Toshkent)

20

2010

Alisher Xolikov

«Neftchi» (Farg‘ona)

13

Nosir Otako‘ziev

FK «Olmaliq»

2011

Milosh Trifunovich

«Bunyodkor» (Toshkent)

17

2012

Anvar Berdiev

«Neftchi» (Farg‘ona)

19

2013

Aleksandr Piщur

«Bunyodkor» (Toshkent)

19

2014

Artur Gevorkyan

«Nasaf» (Qarshi)

18

2015

Igor Sergeev

«Paxtakor» (Toshkent)

24

2016

Temurxo‘ja Abduxolikov

«Lokomotiv» (Toshkent)

22

2017

Marat Bikmaev

«Lokomotiv» (Toshkent)

27

2018

Tiagu Bezerra

«Paxtakor» (Toshkent)

17

2019

Dragan Cheran

«Paxtakor» (Toshkent)

23

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Asqar Xan
27/02/2020 23:16
Pakhtakor bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi navbaxor ga qarshi pakhtakor bugun o'yini bilan navbaxordan ancha kuchli ekanligini ko'rdik, menxam o'yini stadiondan kuzatib bordim' o'yin ijobi darzda kechdi, xa yana bir narsa til madaniyati xaqida sportga oyit bo'lgan fo'to'repardajmi' yoki video lavxa "xulas" sportni qonun qoyidalarini bilganiga nima yetsin!