O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Erondan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi. Vakillarimiz chorak final bosqichida Eron terma jamoasiga mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Nodir Eliboev o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, barchangizga assalomu alaykum. Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular so‘nggi daqiqalarga qadar kurash olib borishdi. Shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga katta rahmat aytaman. Albatta, bu alamli mag‘lubiyat. Eron terma jamoasiga qarshi o‘yinda himoyani yanada mustahkam qilishimiz kerak edi, ammo buni uddalay olmadik. Shunga qaramasdan, bu mag‘lubiyat bilan hayot tugab qolmaydi. Bizga ishonan va qo‘llab-quvvatlagan barcha yana bir bor rahmat", — dedi mutaxassis.
Fikrlar