O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonni engdi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, uchrashuvning 13-daqiqasida Xayrulla Solixov hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib esa Aleksandr Deryabin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 29-daqiqada esa Elbek To‘lqinov uchrashuvdagi so‘nggi golga mualliflik qilib, o‘yin taqdirini hal qildi.
Fikrlar