O‘zbekiston kubogi. "Mash’al" safarda "Do‘stlik"ni mag‘lub etdi

  • 8 aprel, 2022, 18:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi "Do‘stlik" - "Mash’al" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Mehmonlar safida gollarga Behruz Sa’dilloev, Ibrohim No‘monov mualliflik qildi. Shuningdek, "Do‘stlik" futbolchisi Yursinali Topvoldiev avtogol egasiga aylandi. 

Mezbonlarning yagona goli Mo‘ydin Mamazulunov hisobiga yozib qo‘yildi. Shundan so‘ng tomoshabinlar boshqa gol guvohi bo‘lishmadi.

Shu tariqa, "Mash’al" ilk turda 3 ochko ishlab oldi. Oltiariqning "Do‘stlik" jamoasi dastlabki turda mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!