O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda "ajdarlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bellashuvdagi yagona gol 54-daqiqada Shohmalik Komilov tomonidan kiritildi. Yarim himoyachi penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.
"Nasaf" yarim finalda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar