O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" Qarshida "Nasaf"ni mag‘lub etdi, Marushichning so‘nggi daqiqadagi penaltisini Yusupov bartaraf etdi
O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar safida yagona golga Filip Ivanovich mualliflik qildi. 90+2-daqiqada esa Qarshi jamoasi hujumchisi Zoran Marushich penaltidan unumli foydalana olmadi.
Ushbu natijadan so‘ng Namangan klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda etakchilikni o‘z qo‘liga oldi.



Fikrlar