O‘zbekiston Kubogi. "Paxtakor"ni oldinda qulay raqib kutyaptimi?

  • 25 aprel, 2024, 13:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining oxirgi 3-tur uchrashuvlari boshlanadi. 26 aprel kuni “I” guruhida “Paxtakor” o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona”sini qabul qiladi. “Paxtakor” matbuot xizmati bellashuv oldidan statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

“Paxtakor” futbolchisi Diyor Ortiqboev diskvalifikatsiya tufayli bahsni o‘tkazib yuboradi. "Sherlar" g‘alaba qozonsa birinchi o‘rinni, durang o‘ynagan taqdirda ikkinchi pog‘onani egallab, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin.

Hozirga qadar jamoalar Kubok bahslarida 8 bor to‘qnash kelishgan. Ularning 6 tasida "Sherlar" zafar quchgan bo‘lsa, ikki bellashuvda durang natija qayd etilgan. “Paxtakor” raqib darvozasiga 29 gol urib, o‘z darvozasidan 8 to‘p o‘tkazib yuborgan. Toshkentda maydon egalari besh bor g‘alabaga erishgan.

Kubokdagi o‘zaro o‘yinlarda Mirjalol Qosimov 3 ta gol urishga erishgan. “Paxtakor”dan Ja’far Irismetov, Anvar Soliev, Dilmurod Nazarov, Igor Sergeev, Eren Derdiyok va raqibdan Qobil Aliqulov ikkitadan gol muallifiga aylangan.

"Paxtakor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi 3-tur o‘yini 26 aprel, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 16:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!