Asosiy mazmunga oʻtish

O‘zbekiston kubogi. Yarim final uchrashuvlari 24 noyabr kuni o‘tkaziladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Unda «Andijon» «Lokomotiv» bilan OKMK stadionida, OKMK esa «Navbahor» bilan «Lokomotiv» stadionida kuch sinashadi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi mamlakat kubogi yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionlarni ma’lum qildi.

Dastlab O‘zbekiston kubogining yarim final va final uchrashuvlarini markazlashtirilgan tizimda o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq mavsum taqvimidagi o‘zgarishlar, xalqaro musobaqalar va stadionlar bilan bog‘liq vaziyat sabab rejaga o‘zgartirishlar kiritildi.

PFL ma’lumotiga ko‘ra, yarim final uchrashuvlari 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Andijon» «Lokomotiv» bilan OKMK stadionida, OKMK esa «Navbahor» bilan «Lokomotiv» stadionida kuch sinashadi.

Final uchrashuvi qaerda o‘tkazilishi yarim final natijalaridan keyin aniqlanadi. Agar finalga Toshkent klublari yo‘l olsa, hal qiluvchi bahs poytaxtda, vodi jamoalari to‘qnash keladigan bo‘lsa, Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkaziladi.

Final sanasi ham keyinroq e’lon qilinadi. Bunga «Andijon» klubining Superligadagi pley-off masalasi hali to‘liq hal bo‘lmagani sabab bo‘lmoqda. Agar jamoaning pley-offda ishtirok etmasligi aniq bo‘lsa yoki u finalga chiqa olmasa, hal qiluvchi uchrashuv rejalashtirilganidan ertaroq o‘tkazilishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q