
O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan AGMK futzal jamoasi 400 mln so‘m bilan mukofotlandi
Xabaringiz bor 22 dekabr kuni AGMK futzal klubi O‘zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor"ni 2:0 hisobida engib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun 25 dekabr kuni Olmaliq shahrida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan AGMK klubi rahbariyati O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan futzal jamoasiga 400 mln so‘m mukofot puli topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, AGMKning bosh jamoasi ham joriy mavsum finalda "Paxtakor"ni engib O‘zekiston kubogini qo‘lga kiritgan edi. Rahbariyat esa jamoa a’zolarining har birini avtomobil bilan taqdirlagan edi.
Fikrlar