O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasi guruh o‘yinlari taqvimi

  • 10 may, 2019, 17:52
  • 0
  • Futbol

2019 yilgi mavsumdan boshlab O‘zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o‘rtasida O‘zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash’al” hamda “Sho‘rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O‘zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan litsenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O‘zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqqan jamoada Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, litsenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo‘l qo‘yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so‘ngida final o‘yini.

O‘ZBEKISTON LIGA KUBOGI

1-TUR

31 may, juma

PAXTAKOR — QO‘QON-1912

LOKOMOTIV — BUXORO

METALLURG — BUNYoDKOR

QIZILQUM — AGMK

 

1 iyun, shanba

ShO‘RTAN — SO‘G‘DIYoNA

DINAMO — SURXON

MASh’AL — ANDIJON

NASAF — NAVBAHOR

 

2-TUR

2 iyul, seshanba

AGMK — METALLURG

BUNYoDKOR — QIZILQUM

SURXON — ShO‘RTAN

SO‘G‘DIYoNA — DINAMO

 

3 iyul, chorshanba

BUXORO — PAXTAKOR

QO‘QON-1912 — LOKOMOTIV

NAVBAHOR — MASh’AL

ANDIJON — NASAF

 

3-TUR

6 iyul, shanba

METALLURG — QIZILQUM

BUNYoDKOR — AGMK

ShO‘RTAN — DINAMO

SO‘G‘DIYoNA — SURXON

 

7 iyul, yakshanba

PAXTAKOR — LOKOMOTIV

QO‘QON-1912 — BUXORO

MASh’AL — NASAF 

ANDIJON — NAVBAHOR

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!