
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisiga Angliya klubi qiziqmoqda. Hamyurtimiz APL vakilining kuzatuvida
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qozog‘istonning "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeev Angliya Premer ligasidan qiziqish bor. Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziev Qozog‘iston nashrlariga tayanib xabar berdi.
- Igor Sergeevga "Sheffild Yunayted" qiziqyaptimi? Qozog‘istonda ba’zi manbalar shunday yozdi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev angliyaliklar kuzatuvida ekan. Eslatib o‘taman, Igor "Aktobe" klubida muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. Bu xabar asosli ekanligini tasdiqlay olmayman. Ko‘rdim, qiziqdim va bo‘lishdim. - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida.
Fikrlar