O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatini qaysi telekanallar namoyish etadi?

  • 10.09.2021 15:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 12 sentyabr kuni Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham qatnashadi.

Vakillarimiz ishtirok etadigan bahslar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport" va "Yoshlar" telekanallarida berib boriladi.

Jamoamizning guruh bosqichidagi ilk uchrashuvi 12 sentyabr kuni 20:00da Gvatemalaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuvni "Yoshlar" telekanali namoyish etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!