O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi

  • 29.05.2019 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may – 12 iyun kunlari navbatdagi yig‘in o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berib o‘tgan edik.

Tecno

Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz a’zolari uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Dastlab 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan bahs olib borilsa, keyinroq 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashamiz.

O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan poytaxtimizda yig‘inni boshladi. Mashg‘ulot “Jar” stadionida olib borildi va uning dastlabki 15 daqiqasini bir qator OAV vakillari kuzatib bordi.

Hozircha bosh jamoamiz asosan milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Legionerlar birin-ketin yig‘inga kelib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joiz, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper mazkur o‘yinlarga jalb qilingan futbolchilardan legioner sifatida faoliyat olib borayotgan Doston Tursunov hamda Ikrom Aliboev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga etib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Максудбек
29/05/2019 11:34
Куперга ишониш керак.