
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yashil rangli libosda harakat qilmoqda (FOTO)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi bugungi o‘rtoqlik o‘yinini yashil formada o‘tkazmoqda. Bu terma jamoamizning uchinchi rasmiy libosi hisoblanadi.
Aslida, yashil forma O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangilik emas. Esingizda bo‘lsa, 1996 yilgi Osiyo Kubogida milliy terma jamoamiz yashil formada o‘ynagan.
O‘z vaqtida MTJ qizil va sariq liboslarda ham harakat qilgan.
Hozircha Tailand – O‘zbekiston uchrashuvida hisob ochilmadi – 0:0.
Fikrlar