O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan ilk xorijlik murabbiy 66 yoshida vafot etdi

  • 30 mart, 2021, 23:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi xorijlik bosh murabbiyi Veyga da Silva 66 yoshida vafot etdi.

Tecno

Aytish kerakki, braziliyalik mutaxassis 1997 yilning oktyabr oyida terma jamoani qabul qilib olgan va uning debyut o‘yinida Qozog‘iston 4: 0 hisobida taslim etilgan edi.

Da Silva O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatida jami 9 uchrashuvda (4 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat) ishtirok etgan. Aniqrog‘i, 1998 yilgi Jahon chempionati saralash turnirida 2 ta o‘yin, 1998 yilgi Osiyo o‘yinlarida esa 6 ta o‘yin o‘tkazgan. Aynan da Silvaning ishi paytida terma jamoamiz Mo‘g‘uliston ustidan 15:0 hisobida g‘alaba qozongan va bu terma jamoamiz tarixidagi eng yirik g‘alaba sifatida qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
31/03/2021 00:26
Жойлари жаннатда бўлсин. Яҳши одам эдилар. Энг йирик ғалабамиз ҳам у киши билан боғлиқ экан.