
O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak murabbiyi "Bunyodkor"da
Bir necha kun avval, O‘FA O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qarorga kelgani borasida xabar berdi. Unga ko‘ra, sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul ko‘rilgan.
Tomonlar bilan og‘zaki kelishuvga erishgach, Srechko Katanets muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilgandi. 19 avgustga o‘tar kechasi xorijlik mutaxassis Toshkentga keldi. Endi u O‘FA vakillari bilan kelishib olishi kerak bo‘ladi.
Bugun sloveniyalik murabbiy O‘FA birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov hamrohligida "Bunyodkor" bilan tanishdi. Ular stadiondagi muzey va akademiyani ko‘zdan kechirmoqda.
Hozircha, kelishuv bo‘yicha ma’lumot berilmadi. Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!
Fikrlar