O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Italiya klubiga o‘tishi mumkin

  • 3 iyul, 2021, 15:11
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi o‘yinchisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan telegramdagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Jenoa" klubi "sherlar" himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni xarid qilmoqchi. 20 yoshli futbolchining transferi shu yili yozda amalga oshishi mumkin. Muzokaralar bilan ProSportsManagement va Valerio Juffrida shug‘ullanmoqda. Ular Shomurodovni Genuyaga ko‘chib o‘tishida ishtirok etgan.

photo_2021-04-18_20-15-47

- Ammo, Yo‘ldoshev katta ehtimol bilan 2021/2022 mavsumni Sonda o‘tkazadi. Bu Italiyada Evropa Ittifoqi tashqarisidan legionerlar qo‘shilishi bilan bog‘liq. Genuya rahbariyati Shveytsariyadagi bir yil Yo‘ldoshevga foyda keltiradi, deb hisoblamoqda. Bunda u Evropaga moslashib, tilni o‘rganadi va 2022 yilda Genuyaga etib boradi, - deya yozib qoldirdi Nobel Arustamyan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азамат Кутыбаев
03/07/2021 20:16
Бошка ёш футболчиларда шунга караб харакат килишлари керак бизда талатлар куп худога шукур Ахматхалилни омадини берсин худо хохласа отип кетса Италия клубига зор боларди факат озини сам Терма жомога хам ойлаши керак Узбек халкига сифатли хужимкор футбол керак хозирги футболчиларда Европача жанговорлик йок Европадачи удар хакикий жангчи озини ватани учин жонини беради Хорватия, Украина Швейцария удар украшали ишдийок Билан ойнайди охиригача тохтамай.
Abu Yunusbek 72
03/07/2021 17:47
Иброҳимҳалил Йўлдошев, бизнинг Янгиер футбол мактабининг битирувчиси, асли янгиерлик. Аллоҳ омадини берсин, "юлдузлик" касалидан йироқ қилсин.
77 77
03/07/2021 17:14
Ха яхши узбек футболчилари европага утишлари мтжга катта фойдалик булади узи учунхам омадини берсин
Muhriddin Toqliyev
03/07/2021 19:02
Nafaqat mtj uchun davlat iqtisodi uchun ham katta foyda boladi chetdan xorijiy valyuta tushiradi yurtimizga
Muhriddin Toqliyev
03/07/2021 15:26
Ibrohim yaxshi oyinchi lekin man shaxsan Bozorov birinchilardan ketafi deb umid qilgandim top 5 da
&
Ашуров Бахтийор
03/07/2021 16:19
Тўғри Бозоров ҳам,яхши футболчи.Лекин футболчиларнинг ўйнаётган жамоаларни хам, мавқейи катта роль ўйнайди.