
O‘zbekiston MTJ a’zosi Otabek Shukurov Qashqadaryoda qiymati 500 ming dollarlik bolalar bog‘chasi ochdi (Foto)
Qarshi shahrida 150 o‘rinli nodavlat maktagacha ta’lim tashkiloti ochildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Chisso~29» deb nomlangan mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilishiga BAAning "Sharja" klubi o‘yinchisi Otabek Shukurov tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi.
Bog‘chada barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, alohida ovqatlanish xonasi, sport zali va yozgi futbol maydonchasi ham tashkil etilgan.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishida Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir mirzaev, Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboev, "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va boshqalar ishtirok etdi.
Fikrlar