
O‘zbekiston MTJ BAAga yo‘l oldi. Tarkibda o‘zgarishlar bor (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Dubay shahrida davom ettiradi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov 12 oktyabr kungi BAAga qarshi o‘yin uchun milliy jamoamizga 24 nafar futbolchini jalb etgan.
MTJ delegatsiyasi bugun Toshkent-Dubay havo reysi bilan soat 17.50da Birlashgan Arab Amirliklari tomon parvoz qildi.
Vakillarimiz “Al-Bustan Rotana” mehmonxonasiga joylashadi. Jamoa a’zolari ertaga BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Shuningdek, tarkibda o‘zgarishlar ham yo‘q emas. Yaqindagina “Jenoa” klubi bilan shartnoma imzolagan Eldor Shomurodov Italiyada mehnat faoliyatiga ruxsat beruvchi viza masalalari sabab Toshkentda qolishga majbur bo‘ldi. “Paxtakor” himoyachisi Hojiakbar Alijonov avvalgi jarohatlarining asorati tufayli Eronga qarshi uchrashuvda o‘zini noqulay his qildi. Shuning uchun u ham xorij yig‘iniga bormadi. Termamizning BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Dubay shahrida o‘tkaziladi.
Quyida BAAga yo‘l olgan tarkibimiz bilan tanishing:
Fikrlar