O‘zbekiston MTJ bugun Dubay shahrida navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
Bugungi mashg‘ulotlar "The Sevens Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tdi.
Bugun Kuper e’tiborni asosan standart vaziyatlarni mashq qilishga qaratdi. Futbolchilar burchakdan to‘p oshirilganda qanday harakat qilish zarurligi, kimning vazifasi nimadan iboratligi bo‘yicha murabbiydan aniq ko‘rsatmalar olishdi.
Bundan tashqari jarimalardan zarbalar yo‘llash mashq qilindi. Ertaga terma jamoa Sharja shahriga yo‘l oladi. Mashg‘ulotlar o‘sha erdagi stadionda davom etadi.








Fikrlar