"O‘zbekiston MTJda qancha xorijlik murabbiy ishladi? Kuperga qadar nemis mutaxassisi termamizni boshqardi. Ular bilan nimaga erishdik, hech narsaga! Ro‘ziqul Berdiev munosib nomzodlardan"

  • 4 iyul, 2021, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 15
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati 2-saralash bosqichida qolib ketishi hazm qilib bo‘lmaydigan holat, sharmandali natija. Saudiya Arabistonidagi bellashuvdan so‘ng terma jamoa va uning atrofida turli fikrlar yangramoqda. Ayniqsa, bosh murabbiy masalasida.

Tecno

Terma jamoamizga mahalliy murabbiy kerakmi yoki xorijdan? degan savolga har kim turlicha qarashlarga ega ekanligini bildirmoqda. Ulardan ayrimlarini saytimiz orqali taqdim etdi. Endi esa yaqindagi "Turon" klubi ustoziga aylangan Igor Shkvirinning bu boradagi fikrlarini taqdim etamiz.

Abramovning iste’fosi, Odilning himoyaga nega qo‘yilgani, Ismoilov va Krimets termaga chaqirilmagani, Ahmedov faoliyatini yakunlagani va boshqa mavzularga bag‘ishlangan anjuman

photo_2019-07-18_12-30-28

- Bizda shu paytgacha terma jamoada qancha xorijlik murabbiy ishladi? Kuperga qadar nemis mutaxassisi ham termamizni boshqardi. Ular bilan nimaga erishdik, hech narsaga! Mening fikrimcha, terma jamoani mahalliy, futbolimizni ichidan juda yaxshi biladigan murabbiy boshqargani ma’qul. Masalan, Ro‘ziqul Berdiev o‘z ishi bilan ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirib keladi. U “Nasaf”dagi faoliyati davomida eng yaxshi futbolchilar tarqalib ketganiga qaramay, ko‘pchilikka umuman tanish bo‘lmagan yoshlardan raqobatbardosh klubni shakllantirdi. Uning qo‘l ostidagi “Nasaf”ning bugungi kunda ikkita frontda – Superliga va OFK Kubogida qanday ishtirok etayotganini barcha ko‘rib turibdi.

O‘FA Aziz Haydarov bo‘yicha qaror qabul qildi

berdiev2

Menimcha, Berdievni ham nomzodlardan biri sifatida ko‘rish yaxshi bo‘lardi. Bu mening fikrim, albatta. Uning ishini chetdan kuzatib kelayotganim bois shunday deyapman. Yana mening fikrim shundan iboratki, bizga xorijlik mutaxassis kerak emas. Chunki shunday murabbiy kelsa, avvaliga mahalliy mentalitet va futbolga moslashishi uchun yarim yildan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. Nemis mutaxassisi ishni xuddi armiyadagi rejim kabi olib boradi. Ovqatlanishga saf tortib ketish, qisqa daqiqalarda eb-ichish... Menimcha, ularda shunday bo‘lsa kerak. Bizda ishlar bu tariqa yuritilmaydi. Chempionatimizda o‘zini ko‘rsatgan mahalliy murabbiylardan biriga terma jamoani boshqarishni topshirish ma’qulroq, deb hisoblayman, - dedi Shkvirin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Durbek Hakimov
01/07/2021 16:03
Йиллаб ишсиз юрган "мутахассис"
&
Эшалиев Шавкат
04/07/2021 18:58
"Тошховуз" деб адашибман, аслида "Копетдаг" билан Қ.Бердиев МДХ кубоги финалигача борган.
Фаридун Камолов
01/07/2021 14:34
Hech kim kerakmas uynab yutqazib chiqib ketaversin rascod qilmasdan
&
abduxoliq
05/07/2021 10:11
Olg‘a O‘ZBEKISTON
PROSTO TELE
01/07/2021 14:43
Немисни иши пухта булади хаммаёкда мослашадида Игорь нималар деяпсан узингча. Рузикул булса уни ишига аралашадиган купайиб кетади. Немисларни иши соат стрелкасини сингари булади.
solijon bobokulov
01/07/2021 14:31
Skvirin pioniszaku
&
abduxoliq
05/07/2021 10:11
Biz senga ishonamz
&
Ашуров Бахтийор
04/07/2021 15:47
Базилар термани ўзимизникилар бошқарса юқоридагилар ўзиникини тиқиштира бошлайди дийишади.Балким тўғридир.Лекин ўзиникини УФАдагирлар тиқиштирмаган тақдирда ҳам, Тошеев,Бердиев ва Кападзега ўҳшаганлар Ж/Чга олиб чиқишга салохичти етмайди.Яхшиси четдан тактик ақиллий мураббий олиб келиш керак.Бразилиялик машенник-Зико,Сколари ёки болқонлик-Друлович ва Радуловичга ўҳшаган ўртамиёналар керак эмас.Енг яхши вариянт бу ғарбий европаликлар.Хар қалар уларда тактик-ақиллий мураббийлар кўп.
&
Abdushukurov O
01/07/2021 22:13
Р. Бердиевни тайинлаш керак, ишонч билдириш керак унга.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/07/2021 17:42
Ruzi aka. qiyin chogim chunki kattala uzimizni murabbiyga bosim utkazadi bariber. Ruzi aka haqiqatdan. kuchli mutahasis. Ruzi aka kup yillik berish kerak va hech kim atrofdan qushilmasa Jahon Chempionati aniq. guruhdan ham olib chiqadi. 1000 foiz ishonaman. chunki ohirgi. 10 yilga uzbek fudboliga bitta Nasaf uzgacha fudbol berdi. maydonga shunchaki tushib. tep hov tep yuq. maydonga bachala aniq reja asosiga uynaydi.
&
Эшалиев Шавкат
04/07/2021 18:53
Қурбон Бердиев яхши вариант, Ўрта Осиёни жуда яхши билади, шу ерда ўсган, бир пайтлар "Тошховуз" билан МДҲ кубоги финалига етиб борган, ҳеч ким кутмаганди. Рубин ва Ростовни ҳам кучайтирди. Ҳозир "Қайрат"да қайсидир вазифада. Қозоғистон ва Туркманистон миллий термасини бошқариш таклифига рози бўлмаган. Балки Ўзбекистон термасини бошқаришга рози бўлар, яхши дипломат керак уни кўндиришга. Бу албатта мининг субъектив фикрим
&
05/07/2021 22:13
Kim u
oshiqlar Jannatga
02/07/2021 10:52
Maxalliy mutaxasislardan charchamadizlarmi?
Ikkita xorijiy mutaxasisni aytayapsiz? Yuzlab maxalliylar boshqarganda nimagadir erishildimi?
Karlus Keyrush kelsa manimcha ximoya chizigimizdagi muammolarni yechimi topilishida katta ozgarish qilsa kerak.jamoani yaxshi shakillantira oladi.U Erondan ketdi ammo Eron uning oyin uslubidan xali xamon foydalanmoqda...
Jamil Dierov
01/07/2021 18:16
Узбекистон футбол терма жамосига, Курбан Бердиевни(Россия да яхши мутахасис,асли Туркманистонлик) таклиф килиш керак, агар рози булса. Бу мутахасис Рубин Казань, Ростов командаларида яхши натижа курсатиб, Европа чемпионлар лигасида хам яхши уйнашган.
Шерзодбек Вохидов
01/07/2021 14:04
Ey yoqat ozbek aralashmasin futbolga iloji bosa oyinchilardiyam boshqa yurtdan opkelish kk