
O‘zbekiston MTJning Armanistonga qarshi o‘rtoqlik, Yaman bilan rasmiy o‘yini qachon o‘tkaziladi? - Vadim Abramovdan javob
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mart oyida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgandi. Ammo koronavirus tufayli 26 mart kuni Toshkentda o‘tishi belgilangan Armaniston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsi hamda mundial saralashidan o‘rin olgan Yamanga qarshi 31 mart kungi bellashuv qoldirildi.
SPORTS.uz sayti muxbiri O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan intervyu tashkil etdi. Shunda mutaxassis ushbu bahslar qachon o‘tkazilishi borasida ma’lum qildi.
Murabbiyning aytishicha, rejadagi Armaniston va Yaman terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarni mos ravishda iyun oyining to‘rtinchi va to‘qqizinchi kunlariga ko‘chirilganini, lekin baribir hammasi umumiy vaziyatning qanday tus olishiga bog‘liq ekanligini bildirdi. Xalqaro sahnadagi o‘yinlarni qachondan boshlab o‘tkazishni FIFA hal etishi, shundan so‘ng OFK bu masalada bir to‘xtamga kelishi kerakligini bildirdi.
Intervyuning to‘liq ko‘rinishini quyidagi link orqali o‘qishingiz mumkin>>>>>.
Fikrlar