
O‘zbekiston MTJning bugungi mashg‘uloti ham "Jar" stadionida o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 oktyabrdan Toshkentda yig‘inga kirishdi.
O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Vadim Abramov boshchiligidagi hamyurtlarimizning bugungi mashg‘uloti soat 17:00da “Jar” stadionida tashkil etiladi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz JCh-2022 yo‘lidagi Yamanga qarshi o‘yinni 10 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazishadi. 15 oktyabr kuni esa safarda Singapur bilan kuch sinashamiz.
Fikrlar