O‘zbekiston MTJning "JCh-2022" saralash o‘yinlarini yurtimizdagi ikkita telekanal namoyish etadi. Ular qaysilar?

  • 1 iyun, 2021, 17:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana bir necha kundan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari boshlanadi.

Tecno

Saudiyada o‘tadigan markazlashgan turnirda O‘zbekiston milliy jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlarni yurtimizdagi ikkita telekanal "Sport TV" va "Uzreport TV" namoyish etadi. Bu haqda PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida xabar berdi. 

- O‘zbekiston MTJ ishtirokidagi uchrashuvlar shu vaqtga qadar "Sport TV" orqali namoyish etib kelingan. Bir necha kun avval bu borada ham tarixiy bir ish bo‘ldi, O‘FA Saudiyada o‘tadigan "JCh-2022" saralash uchrashuvlarini namoyish qilish huquqini ham "Sport TV" uchun, ham "UzReport" uchun taqdim etdi. Endi futbol muxlislarida hal qiluvchi uch uchrashuvni istalgan telekanalda tomosha qilish imkoniyati mavjud. Endi raqobat bu frontda ham davom etadi va bundan, albatta, futbol yutadi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

"JCh-2022" saralash bosqichi. D guruhi
7 iyun. O‘zbekiston – Singapur. 23:00
11 iyun. Yaman – O‘zbekiston. 23:00
15 iyun. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston. 23:00.

O‘zbekiston milliy jamoasi 5 o‘yindan so‘ng guruhda Saudiya Arabistondan keyingi 2-o‘rinda bormoqda. Vadim Abramov shogirdlari hisobida 9 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!