O‘zbekiston MTJning o‘rtoqlik o‘yinidagi yana bir raqibi ma’lum

  • 19.01.2022 22:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil qilmoqda. Vakillarimiz 23 yanvar - yakshanba kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

- Ayni vaqtda BAAda yig‘inni davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakshanba kuni "Al Vahda" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan, - dedi Alisher Nikimbaev.

Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalangan Yaponiyaga qarshi "kunchiqar yurt" davlatidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilingandi. Ammo terma jamoamiz Dubayda 27 yanvarda Bahrayn, 1 fevralda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!