
O‘zbekiston muaytay olamining yulduzi Bokuda jang qiladi ( Video)
Ertaga, 24 dekabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida o‘ziga xos jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir professional kikboksing hamda MMA bo‘yicha tashkil qilinmoqda.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu kechaning markaziy jangida O‘zbekiston muaytay olamining yorqin yulduzi, 3 karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov ringga ko‘tariladi. U mezbonlar vakili Ruslan Nagievga qarshi jang qiladi. Ha, ozar kikboksing olamining yulduziga qarshi Qahhorov professional kikboksing yo‘nalishida bahs yuritadi.
Bugun ushbu jang avvalida vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Har ikkisi me’yorni bajardi va ertaga qiziqarli to‘qnashuvni guvohiga aylanamiz.O‘z o‘rnida esa hamyurtimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Fikrlar