O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoniга qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Navbatdagi FIFA kunlari 9–17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda.
«Ar-Riyodiya» maʼlumotiga koʻra, Saudiya Arabistoni milliy jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida yigʻin oʻtkazib, O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida ishtirok etadi.
Navbatdagi FIFA kunlari 9–17 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Saudiya Arabistoni uchun mazkur uchrashuvlar Osiyo kubogiga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi sentabr–oktyabr oylaridagi FIFA kunlarida uchta oʻrtoqlik uchrashuvida qatnashdi. Fabio Kannavaro shogirdlari Eron va Suriyani magʻlub etgan boʻlsa, Janubiy Koreyaga qarshi bahsda magʻlubiyatga uchradi.

Izohlar (0)