O‘zbekiston terma jamoasi Afrikaning ikki karra chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailanddagi “Continental” xalqaro turnirining 3-o‘rni uchun tashkil etilgan bahsda Afrika qit’asining ikki karra chempioni - Misr terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 4:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni terma jamoamiz safida gollarni Anasxon Rahmatov (21', 40'), Ixtiyor Ropiev (25') va Akbar Usmonov (26') kiritdi.
“Continental” xalqaro turniri
3-o‘rin uchun bahs
O‘zbekiston - Misr 4:0
Gollar: Anasxon Rahmatov 21', 40', Ixtiyor Ropiev 25', Akbar Usmonov 26',
Fikrlar