O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlarida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Xususan, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoamiz Farg‘onada Eron terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushadi. Uchrashuv 24 sentabr kuni “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yana bir bellashuv esa Koreya Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan edi. O‘yin 6 oktabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar