
O‘zbekiston terma jamoasi guruhidagi holat bilan tanishing
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining ikkinchi tur o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol Po‘latxo‘ja Xoldorxonov nomiga qayd etildi. U 17-daqiqada raqib posbonini ranjitishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni vaqtda vakillarimiz "A" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Quyida guruhdagi vaziyat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar