O'zbekiston terma jamoasi Kannavaro qo'l ostida qanday statistika qayd etmoqda?
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng jamoa 2 ta xalqaro turnirda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Dastlab, Al Ain International Cup” musobaqasida chempionlik qo‘lga kiritildi. Shundan so‘ng “FIFA Series” turnirida ham bosh sovringa erishildi.Kannavaro boshchiligida “oq bo‘rilar” jami 6 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning 5 tasida g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, ushbu g‘alabalardan 2 tasi penaltilar seriyasi orqali qo‘lga kiritilgan (Venesuela, Eron). Jamoa ushbu davr mobaynida 17 ta gol urdi va 10 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, yagona mag‘lubiyat Urugvayga qarshi o‘yinda qayd etilgan.
Fikrlar