O‘zbekiston terma jamoasi uchun jiddiy yo‘qotish
"Rizespor" tibbiyot markazi doktori Hasan Turut "Göztepe"ga qarshi bellashuvda jarohat olib, o‘yinni davom etira olmagan futbolchi Husniddin Aliqulovning hozirgi ahvoli haqida ma'lumot berdi.
"Himoyachimiz Aliqulov 19 yanvarda "G‘öztepe"ga qarshi o‘yinda chap tizzasi qayrilib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘tkazilgan ko‘rik natijasiga ko‘ra, futbolchida chap tizzada ACL (oldingi kesishma bog‘lam) uzilishi, Pattellar Subluxatio (tizza qopqog‘ining yarimi chiqishi" ba unga bog‘lam bo‘lgan MPFL ( tizza qopqog‘i boylami) shikastlanishi. Shuningdek, ham ichki va tashqi mensikda yirtiilish, qon ketish va shish aniqlab. jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga qaror qilindi. 26 yoshli himoyachining maydonga qaytishining taxminiy muddati 6-9 oy vaqt olishi mumkin", - dedi klubi vitse-prezidenti va Sog‘liqni saqlash komissiyasi raisi.

Fikrlar