O‘zbekiston terma jamoasining "JCh-2026"dagi taqvimi bilan tanishing
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan “K” guruhining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.Kongo DR o‘tish o‘yiniida Yamaykani 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, guruh bosqichida O‘zbekiston, Kolumbiya, Kongo va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Fabio Kannavaro shogirdlari ilk turni 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Keyingi turda esa Portugaliya bilan kuch sinashadi.
So‘nggi tur uchrashuvi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va unda “oq bo‘rilar” Kongo terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
.jpg)

Fikrlar